Qozoq davlat yuridik universiteti O‘zbekistonda o‘rta maktabni tamomlagan 10 nafar bitiruvchiga grant ajratdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Qozoq davlat yuridik universiteti boshqarma raisi Talg‘at Narikbayev universitet o‘zbekistonlik o‘rta maktab bitiruvchilariga 10 ta grant va o‘qish paytidagi turar joy ajratishini ma’lum qilgan. U bu haqda Scopus Award—2019 mukofotini taqdim etish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuv paytida aytib o‘tgan.
Xabar berilishicha, Talg‘at Narikbayev Toshkentga tashrifi chog‘ida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov bilan hamkorlik memorandumini imzolagan.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida Qozog‘istonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalaridan mintaqadagi har bir mamlakatga 10 tadan grant ajratishni taklif qilgan.
Izoh (0)