• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik ekspertlar Chernobil AESning halokat yuz bergan 4-energoblokini ko‘zdan kechirdi

    Turli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat o‘zbekistonlik ekspertlar atom elektr stansiyasining qurilishi va ekspluatatsiyasining atrof-muhitga ta’sirini baholash, radioaktiv chiqindilarga bo‘lgan munosabat, radioaktiv chiqindilarni joylashtirish uchun joy yaratish va uning ekspluatatsiyasi, shuningdek, AES qurilishiga doir loyihalarning ekologik ekspertizasi borasidagi tajribalar bilan tanishish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Safar dasturiga KIEP (Kiyev ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik instituti – “Energoproyekt”) institutiga tashrif buyurish, Ukraina Ekologiya vazirligi va Davlat ekologiya inspeksiyasida uchrashuvlar o‘tkazish, atom energiyasini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniya – “Energoatom”ga (Ukrainadagi barcha AESlar operatori), chiqindilar saqlash hududi va Chernobil AESga tashrif buyurish, shuningdek, Chernobil AES chiqindilarni saqlash hududi davlat administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish kiritilgan.

    KIEPda boshqaruv raisi Yuriy Malaxov va mas’ul xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu institut AES qurilishidan boshlab uni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan atom elektr stansiyalarini loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, bu yerda atom elektr stansiyalari AMTB (Atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sirni baholash) loyihalari ishlab chiqiladi va tashkilot vakillari buyurtmachi bilan birga AMTB bo‘yicha ochiq eshituvlarda ishtirok etadi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga AMTB tayyorlash mexanizmi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

    “Qayd etish kerak, zamonaviy usullar zamonaviy atom elektr stansiyalarining xavfsiz faoliyati to‘g‘risida ishonchli tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.

    Chernobil AES bilan bog‘liq voqealardan keyin Ukrainaning olgan saboqlari mamlakatga bunday favqulodda hodisalarning oldini olish, oqibatlarini minimallashtirish va umuman, tinch atom sohasini xavfsiz yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta tajriba berdi.

    Zamonaviy Ukraina uchun atom elektr stansiyalari bu — turli yillarda, mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining yarmi yoki undan ko‘prog‘i deganidir”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

    Bugungi kunda Ukrainada 15 ta energoblokdan iborat 4 ta atom elektr stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan biri – 6 ta energiya blokli Zaporojsk AESning umumiy quvvati 6000 MVt bo‘lib, Yevropadagi eng katta atom elektr stansiyasi hisoblanadi.

    AMTB masalalariga zamonaviy yondashuv, tinch atomdan foydalanishning ekologik foydasi xususidagi masalalar delegatsiyaning Ukraina Ekologiya vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida muhokama qilindi. Bu borada alohida qayd etildiki, Ukraina tajribasi shuni ko‘rsatadiki, atom elektr stansiyalarini energiya balansiga kiritish atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini sezilarli darajada kamaytiradi.

    Tashrif dasturidan O‘zbekiston delegatsiyasining Chernobil AES obyektlari va chiqindi saqlash hududlari faoliyati bilan tanishish, shuningdek, Chernobil AES chiqindilarni saqlash hududi davlat administratsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish joy olgan edi.

    O‘zbekiston vakillari 1986-yildagi halokatdan so‘ng nimalar sodir bo‘lgani, qanday choralar ko‘rilgani xususida bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi, shuningdek, halokat sodir bo‘lgan AESning 4-energoblokida va ishlatilgan yadro yoqilg‘isi saqlanadigan omborda bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari mazkur obyektlarning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi va ular atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonch hosil qildi, deyiladi xabarda.

    Chernobil AES o‘z vaqtida RBMK reaktorlari bilan jihozlangan, halokatdan so‘ng 1991—2000-yillar oralig‘ida navbatma-navbat yopilgan edi. Bugungi kunda Ukraina hududida ishlab turgan barcha reaktorlar VVER toifasiga mansub bo‘lib, ulardan ikkitasi – VVER-440 va o‘n uchtasi – VVER-1000 hisoblanadi.

    Shuningdek, Ukraina davlat ekologiya inspeksiyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AMTB loyhalari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish borasida inspeksiyaning AES va ishlatilgan yadro yoqilg‘ilari saqlash joylari misolida to‘plagan tajribalari xususida o‘rtoqlashildi.

    Bugungi kunda Ukraina VVER toifasiga mansub energiya reaktorlari bo‘yicha jahonda o‘ninchi va Yevropada beshinchi o‘rinda turadi. Mazkur mamlakat uchun atom energetikasi – bu mamlakat hayotini ta’minlashning kafolati, iqtisodiy faoliyat va aholini energiya bilan ta’minlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ukraina atom elektr stansiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan va bu tajribalarni O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashishga tayyor, deyiladi xabarda.

    10.12.2019, 15:23   Izoh (0)   24545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish bekor qilinadi

    10.12.2019, 15:07

    O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    10.12.2019, 14:42

    Sergelida Janubiy sanoat hududidagi yerni investorga 155 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    10.12.2019, 14:27

    Majburiy obuna alomatlari: Buxoroda bog‘cha mudiralariga obuna bo‘yicha reja berilib, nechta obuna bo‘lishi belgilab qo‘yilgan

    10.12.2019, 13:56

    Deputatlar yangi tahrirdagi soliq kodeksini qabul qildi

    10.12.2019, 13:41

    Andijonda portlagan 15 ta xonadonda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda

    10.12.2019, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.