3—7-dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekiston—Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekistonning Navoiy viloyati va Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati o‘rtasidagi uchastkadagi davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari tayyorlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tomonidan 2019-yilda bajarilgan ishlar sarhisob qilindi va 2020-yilda davlatlararo chegarada bajarilishi rejalashtirilayotgan dala demarkatsiya ishlari miqdori muhokama qilindi.
Muzokaralar an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)