Chili harbiy havo kuchlariga tegishli transport samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Havo kemasi Punta-Arenas shahridagi harbiy havo bazasidan Antarktikadagi bazaga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Hercules C130 bortida 17 nafar ekipaj va 21 nafar yo‘lovchi — neft tarmog‘ini ta’mirlash bo‘yicha xodimlar bo‘lgan.
Shunisi ma’lumki, hozirgi vaqtga qadar samolyotning yoqilg‘isi tugagan bo‘lishi kerak.
Yo‘qolgan samolyotni qidirishga harbiy havo kuchlari va qidiruv-qutqaruv bo‘linmalari yuborilgan.
Izoh (0)