“Rostov” klubi Rossiya chempionatining 19-turida “Spartak”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:1) va ketma-ket besh o‘yinlik g‘alabasiz seriyaga barham berdi.
So‘nggi bor rostovliklar 26-oktabrda Rossiya Premyer Ligasi doirasidagi o‘yinda “Sochi”dan ustun kelgandi (2:0).
Uchrashuvda Eldor Shomurodov to‘p kirita olmadi, biroq jamoasining ikkinchi golida samarali uzatma amalga oshirdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik hujumchining “Rostov”dagi golsiz seriyasi sakkiz o‘yinga yetdi. Shomurodov so‘nggi bor 6-oktabr kuni SSKAga gol urgandi.
“Rostov” g‘alabadan keyin ochkolarini 34 taga yetkazib oldi va qishki tanaffusga uchinchi o‘rinni band etgan holda yo‘l oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)