Boks bo‘yicha WBA, WBO, IBF va IBO kamarlarini o‘ziga qaytarib olgan Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi jangdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Meni Nyu-Yorkda mag‘lub etgan Ruisni inson sifatida ham hurmat qilaman. Bu revansh jangiga qattiq tayyorlandim. Shu o‘rinda Vladimir Klichkoning yordamini ta’kidlab o‘tishim lozim. U menga qimmatli maslahatlarni bergandi. Undan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim”, — deydi Joshua.Eslatib o‘tamiz, Joshua 8-dekabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonidagi boks oqshomida Endi Ruisga qarshi 12 raundlik jang olib bordi. Hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra Joshua jangni o‘z foydasiga hal qildi. Shu tariqa britaniyalik 1-iyun kuni Nyu-Yorkda Ruisdan qabul qilgan mag‘lubiyati uchun revansh oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)