Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.A. oyiga bir million so‘m pul berishni va’da qilgan tanishi A. dan GSM-shlyuz qurilmasi, Wi-Fi routeri va 2 dona Internet uzatuvchi svitch apparatlarini olgan va uyida sandiqda saqlab ishlatgan. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.
Fuqaro ushbu noqonuniy harakati Davlat xavfsizlik xodimlari va soha mutaxassislari tomonidan fosh etilgach, telekommunikatsiya tarmoqlarini qonunga xilof ravishda aylanib o‘tib, jinoyat sodir etgani uchun sud qilindi. Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuratura, Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, guvohlar hamda axborot texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohasi mutaxassislari ishtirok etgan.
Fuqaroning aybiga iqrorligi, qaramog‘ida ruhiy kasalmand onasi, singlisi, ishsiz bo‘lgan turmush o‘rtog‘i hamda ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib Sh.A. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 7-qismiga ko‘ra uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Izoh (0)