Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Termiz aeroport” chegara bojxona postining “yashil” yo‘lagi orqali xorijga otlangan M.N. ismli shaxs o‘zining hatti-harakatlari bilan bojxona xodimlari e’tiborini tortdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Shundan so‘ng ushbu fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada mazkur shaxsning egnidagi kiyimlari cho‘ntagidan har birining qadimiyligi 50 yildan oshgan 20 dona tanga borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur tangalar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)