• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Robert Mugabe va Zimbabve xalqi taqdiri

    Afrikadagi eng yoshi ulug‘ diktatorlardan biri Robert Mugabe hokimiyatdan ketganiga qariyb bir yil bo‘ldi. Shu davr oralig‘ida Zimbabveda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi? Robert Mugabe zimbabveliklar uchun kim edi? Bu savollarga “Daryo” kolumnisti Jahongir Ergashev javob beradi.

    Zimbabve iqtisodiyoti turg‘unlikni boshidan kechirayotgandi. Diktator Mugabening vafotini kutayotgan muxolifat bu safar “Qora dohiy” hokimiyatdan ketadi va mangulik salatanatiga yo‘l oladi deya umid qilayotgandi. Ammo yoshi bir joyga borib qolgan dohiy, muxoliflari baxtiga qarshi, davlat tizgini hamon uning qo‘lida ekanini isbotlash maqsadida Zimbabvening siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotiga daxl qiluvchi pishanglarni yuritayotganini ko‘rsatib qo‘ydi.

    Robert Gabriel Mugabe: hokimiyat sari yo‘l

    Robert Gabriel Mugabe 1924-yil 21-fevral sanasida Solsberi – ayni paytdagi Xarare shahrida yaqinidagi Kutane qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘sha kezlarda Zimbabve Janubiy Rodeziya deb yuritilardi. U Buyuk Britaniya hukmronligi ostida edi.

    Foto: Google Photos

    O‘rta maktabni tamomlagach, boshlang‘ich sinflarga muallimlik qila boshladi. Janubiy Afrikadagi Fort Xer universitetida tahsil oldi. Keyinchalik London universitetiga o‘qishga kirdi va iqtisodiyot yo‘nalishida bakalavr dimplomini qo‘lga kiritdi.

    Faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Mugabe sekin-astalik bilan, ammo izchil ravishda hokimiyat vakillari o‘rtasida nazarga tushib bordi.

    1963-yilda Zimbabve Afrika xalqlari ittifoqi tashkilotining bosh kotibi lavozimiga saylanadi. Janubiy Rodeziyadagi urushlar davomida ittifoq raisi Ndabaningi Sitoleni rahbarlik lavozimidan chetlashtirdi va tashkilot rahnamosiga aylanadi.

    1980-yilda Mugabe mamlakat rahbarligiga o‘tkazilgan saylovda g‘olib bo‘ldi va 1980-yil 18-aprel sanasida mustaqil Zimbabve davlatining bosh vaziri etib saylandi.

    1987-yilda Mugabe bosh vazirlik lavozimiga barham berdi va o’zinini Zimbabve prezidenti deb e’lon qildi.

    Tashqi va ichki siyosat

    Mugabe kommustik mafkura asosiga qurilgan davlatlar bilan hamkorlik qildi. Shimoliy Koreya, Xitoy bilan yaqin aloqalar bog‘lashga urindi.

    Xavfsizlik tizimini kuchaytirish maqsadida Shimoliy Koreya rahbari Kim Sen Ir bilan kelishuv imzoladi. Shimoliy Koreya xavfsizlik xizmati xodimlarini do‘stona Zimbabve maxsus xizmatlari xodimlari malakasini oshirishga yubordi.

    Ichki siyosatda Mugabe qora tanlilar ustunligi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Shu siyosati uchun Afrika qit’asi rahbarlari orasida hurmat-e’tiborga sazovor bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Hokimiyat tepasida qolar ekan, avval muxolifat qarshiligini bostirdi. 1990-yillardan boshlab Willing seller, willing buyer dasturini yurita boshladi. Bu siyosatning asosiy maqsadi Zimbabvedagi oq tanIi mulkdorlar yerini belgilangan qiymatda o‘z istagiga ko‘ra qora tanli mulkdorlarga sotishiga ko‘ndirish edi. Bu siyosat ostida qora irq vakillari Zimbabveda yuqori mavqega ega ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu siyosat natijasida Buyuk Britaniya va Mugabe hukumati orasiga sovuqlik tushdi. Minglab oq tanli yer egalari Zimbabvedan qochib keta boshladi.

    Mamlakat iqtisodiyotida tushkunlik holati boshlandi. Giperinflyatsiya oqibatida dori-darmon savdosi to‘xtab qoldi, shifoxonlar ishlamay qoldi, ishsizlik keskin o‘sa boshladi. Markaziy bank mahalliy dollar qiymatini pastlatdi. Bu esa qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilishini 70 foizga pastlatdi. Yerning uchdan ikki qismi egasiz qolgani mulkdorlarning yangi vakillari yerga qanday ishlov berish kerakligini bilmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. Mamlakat iqtisodiyoti bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. Mugabe bu qiyinchiliklarga go‘yoki neoimperalistlar boshida turgan Buyuk Britaniyani ayblashdan boshqa javob topib bera olmadi.

    Amaldagi hokimiyatdan-da mudhishroq muxolifat

    Zimbabveda Mugabe hokimiyatiga qarshi tura oladigan yagona muxolif partiya sifatida “Demokratik islohotlar harakati” e’tirof etilgan, G‘arb esa uni o‘zgarish yasay oladigan yagona partiya deya atayotgan edi. Ammo Morgan Svangiraining “Demokratik islohotlar harakati” zimbabveliklarning umid-istaklarini amalga oshira olmasligi oshkor bo‘lib qoldi.

    2008-yilgi saylovning birinchi turida Svangirai Mugabeni ovozlar bo‘yicha ortda qoldirdi. Lekin tez orada Svangirai tarafdorlari ta’qibga olinishi oqibatida Svangirai saylovning ikkinchi turida qatnashishdan bosh tortdi. Mugabe 85,5 foiz ovoz evaziga yana hokimiyatda qoladigan bo‘ldi.

    Janubiy Afrika Respublikasining mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozning oldini olish borasidagi yordami bilan Mugabe va Svangirai kelishuvga erishdi. “Demokratik islohotlar tarafdori” yetakchisi Zimbabve bosh vazirligi maqomini qo‘lga kiritdi.

    Svangirai bosh vazirlikda qolar ekan, ikkiyuzlamachi siyosatni dastak qildi. Mugabeni qanoatlantirish maqsadida uning yakkahokimligini kuchaytirishga xizmat qilish bilan bir vaqtda muxolif partiya yetakchisi sifatida vakolati bergan huquqlarini G‘arbga sota boshladi. Bu ikkiyuzlamachilikning eng oliy darajadagi ifodasi edi. Svangirai yuksak g‘oyalar bilan va’zxonlik qilsa-da, vakolatidan foydalanib davlat mansablariga nomzodlardan tovlamachilik yo‘li bilan pul olardi. Bu harakati bilan u Mugabedan qolishmasligini isbotlab qo‘ydi. Xalq esa norozi edi.

    2017-yili zimbabveliklar “muxolifat” kirdikorlaridan xabardor bo‘lgach, Svangirai saylovda qatnashmasligi bilan Mugabe g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shdi.

    Lakost guruhi G-40 harakatiga qarshi

    Mugabe 93 yoshni qarshiladi. U prostata saratonidan aziyat chekar, biroq fikrlash aniqligini unutmagan edi. U tez-tez Singapurga borib, muolaja olib qaytardi. Og‘ir dardga chalingani aniq bo‘lgan vaziyatda hokimiyat kimga o‘tishi Zimbabve siyosiy doiralari uchun eng og‘riqli va dolzarb mavzu bo‘lib qoldi.

    Shu vaziyatda Greys Mugabe rahnamoligi ostidagi G-40 harakati siyosiy maslaklarini ilgari sura boshladi. G-40 – Zimbabveda 40 yoshga to‘lgan avlod vakillari uyushmasi. Greys Mugabening bu maqsadini 40 yosh atrofidagi davlat ishchilari qo‘llab-quvvatlay boshladi.

    Robert va Greys Mugabe.

    Robert va Greys Mugabe.
    Foto: Google Photos

    Boshqa tarafdan Lakost nomini olgan Emerson Mnangagva rahbarligi ostidagi guruh birinchi xonimga raqobatchi bo‘ldi. Mnangagva Janubiy Rodeziyadagi partizanlik urushi faxriysi sifatida yetarli nufuzga ega edi.

    Ikki tomon harakatlarini kuzatayotgan, eng qudratli kuch bo‘lmish armiya esa betaraflik saqlab turardi. Lekin betaraflik uzoq davom etmadi.

    Bosh shtab rahbari Konstantin Chivenga milliy ozodlik harakatida ishtirok etmagan nomzodni qo‘llab-quvvatlamasligi haqida bayonot berdi. Bu mamlakatda yanada ikkilanish va xavotir hissini kuchaytirdi. Mugabe esa qiyin vaziyatda “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” siyosatini amalga oshira boshladi.

    Konstantin Mnangagva zimbabveliklarning orzularini amalga oshira oladimi?

    2017-yilning 19-noyabrida qurolli kuchlar qo‘mondonligi Mugabe iste’fo berishini talab qildi. Boshlanib ketgan norozilik namoyishlarini qo‘mondonlik qo‘llab-quvvatladi. Ammo Mugabe hokimiyatdan voz kechishni istamayotgan edi.

    Norozilik namoyishlari avjiga chiqayotganiga guvoh bo‘lgan prezident axiyri parlamentga iste’fo bergani haqida maktub yo‘llaydi. Parlament 24-noyabr kuni Emerson Manangagvani qasamyodga keltirdi.

    Mnangagva Zimbabve xalqi uchun yangi davr boshlanganini e’lon qildi. Islohotlar amalga oshirilishi borasida va’dalar berdi. Ammo bu va’dalar yolg‘on edi. 2018-yilgi saylovda demokratik tamoyillarga rioya etilmadi. Yangi rahbar eski hokimiyat udumlaridan foydalana boshladi.

    Yoqilg‘i bo‘hroni oqibatida minglab odamlar Xarare ko‘chalariga namoyishga chiqdi. Qurolli kuchlar namoyishni kuch ishlatib bostirdi. Namoyishning ko‘plab qatnashchilarini qamoqqa oldi, o‘ldirdi.

    Zimbabveliklar demokratik jamiyat qurish uchun Mugabeni hokimiyatdan chetlatgani samara bermadi. Iqtisodiyot izdan chiqdi. Xalqaro valyuta jamg‘arma hisob-kitoblariga qaraganda, inflyatsiya darajasi 300 foizni tashkil etmoqda.

    Qurg‘oqchilik natijasida ochlik hukm surmoqda. BMTning Oziq-ovqat dasturi bo‘limi ekspertlari taxminlariga ko‘ra, 2020-yilga borib zimbabveliklarning 6 millionga yaqini – mamlakat aholisining uchdan bir qismi ochlikdan aziyat chekadi.

    Sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi tizimlari ham izdan chiqdi. Shifokorlar giperinflyatsiya oqibatida zo‘rg‘a kun kechirmoqda. Ko‘plari ishdan ketishga majbur bo‘lmoqda. O‘qituvchilar esa kasaba uyushmalari ittifoqi talabi bilan haftasiga ikki kun ishlash tizimiga o‘tib ketdi.

    Foto: Google Photos

    Idai sikloni Zimbabve va qo‘shni davlatlarga qurg‘oqchilik olib keldi. Mamlakat aholisi ichimlik suvi va oziq-ovqat yetishmasligi tufayli ochlikni boshidan kechirmoqda.

    Mamlakatda kleptokratik tartib o‘rnatayotgan yangi rahbar esa xalqiga “sabrli, birdamli” bo‘lishdan boshqa chora taklif eta olmayapti.

    Yaqin istiqbolda Zimbabve hozirgidan-da yomonroq siyosiy taloto‘p iskanjasiga tushib qolishi hech gapmas. Boshqa sohalar qatori qurolli kuchlar xodimlariga ham kun ko‘rish uchun maosh kerak, lekin mamlakatda maosh masalasi juda qiyin. Inqiroz qurolli kuchlarni yana taraf almashtirishga majbur qilishi mumkin.

    Jahongir Ergashev

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    06.12.2019, 18:43   Izoh (0)   56171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.