Rossiyaning Krasnodar shahri aeroportida 5-dekabr, payshanba kuni samolyot bortida sigaret chekkan o‘zbekistonlik yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Kubanskiye Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida sigaret chekkan fuqaro Toshkent—Krasnodar yo‘nalishida uchayotgan edi. U qo‘lga olingach, navbatchilik qismga olib borilgan.
Rossiya qonunchiligiga binoan, 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Izoh (0)