O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida ma’lum qilindi.
Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko‘plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari haqida ham so‘z boradi.
Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Dilshod Norqobilovning aytishicha, bukmekerlik kontoralariga 2021-yil 1-yanvardan ruxsat beriladi.
Avvalroq ushbu farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.
Izoh (0)