Turkiyalik mashhur oshpaz Nusret Go‘kche UFC chempioni Habib Nurmagomedov va promoushen sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Nusret 23-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan GFC 20 kechasida mehmon bo‘lgandi. U Toshkentda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan birga mashg‘ulotda qatnashgan. O‘sha vaqtda Go‘kche chet el OAVdan biriga bergan intervyusida mashhur yakkakurashchilar Habib va Konor bilan jang qilishga tayyor ekanini aytgan.
“Makgregor, Habib, kim bo‘lsa ham, men tayyorman. Men ularni juda hurmat qilaman, biroq bir kun kelib ular meni jangga chaqiradigan bo‘lsa, men tayyorman”, — deydi Nusret.
Salt Bae wants to fight @TheNotoriousMMA and @TeamKhabib... ?
Stick to cooking mate... ? pic.twitter.com/gHILILc0i6— SPORTbible (@sportbible) December 3, 2019
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)