“Real” hujumchisi Eden Azar Ispaniya chempionati doirasida kechadigan “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Madridliklar klubi Azarning jarohati bo‘yicha xulosalarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyog‘ida kichik yorilish yuzaga kelgan.
As’ning versiyasiga ko‘ra, Azar bu jarohat tufayli 4—6 haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, u holda belgiyalik futbolchi 18-dekabrdagi “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, “qaymoqranglilar” himoyachisi Marseloda ham muammo bor. Braziliyalik futbolchining mushaklari shikastlangan va uning tiklanishiga 10—12 kun ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azar Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida PSJga qarshi bahsda (2:2) jarohat olgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)