AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemasi Ummon bo‘g‘ozida Eronga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan va raketa qismlaridan iborat yukni qo‘lga kiritdi. Bu haqda AQSh rasmiylariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
O‘zini oshkor etishni istamagan mansabdorlarga ko‘ra, Forrest Sherman raketa esminetsi o‘tgan haftada bo‘g‘ozda kemani qo‘lga olgan. Qirg‘oq mudofaasi otryadi kemada raketa qismlari borligini aniqlagan.
Kema ekipaji a’zolari Yaman rasmiylariga topshirilgan, raketa bo‘laklari esa AQSh ixtiyorida bo‘lib turibdi.
Izoh (0)