5-dekabr amerikalik rassom-multiplikator, birinchi ovozli multfilmlar yaratuvchisi, kinorejissor va prodyuser Uolt Disney tug‘ilgan kun. U 1901-yilda Chikagoda dunyoga kelgan. Jami 26 ta Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan Uolt 1923-yil 16-oktabrda Roy Disney bilan birga “The Walt Disney” kompaniyasiga asos solgan. Disney kattalar va bolalarga mo‘ljallangan yirik tashkilotdir. Uning tarkibiga Gollivuddagi eng yirik animatsion studiyalar, telekanallar hamda 11 ta ko‘ngilochar va 2 ta akvapark kiradi.
Disney multfilmlarini yoshidan qat’i nazar barcha sevib tomosha qiladi, qahramonlar ismini yoddan biladi. Klassik multfilmlar qanday yakun topishi ma’lum bo‘lsa ham qayta va qayta ko‘rilaveradi. Quyida “Disney” multfilmlaridan tuzilgan testni e’tiboringizga havola etamiz. Unda siz savollarga javob berish bilan birga bir oz bo‘lsa-da ish va tashvishlardan chalg‘ib beg‘ubor bolaligingizni eslashingiz mumkin.
Izoh (0)