AQSh prezidenti ma’muriyati mamlakatning Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi.
Mintaqaga 14 ming nafargacha harbiy xizmatchi, o‘nlab kema va boshqa harbiy texnika yuborilishi mumkin.
Bu choralarning barchasi Eronga qarshi turish uchun amalga oshiriladi. Qo‘shimcha kuchlarning joylashtirilishi mintaqaga may oyida yuborilgan amerikalik harbiylar sonini ikki baravarga ko‘paytirishi mumkin.
Prezident Donald Tramp shu oy ichida mazkur qarorni qabul qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)