“Tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan obyektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot”.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq:
- tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan obyektlarning yong‘in xavfliligiga ko‘ra guruhlari qayta belgilandi;
- yong‘in-profilaktika ko‘riklarini rejalashtirish va o‘tkazish tartibi soddalashtirildi.
Endilikda tadbirkorlik subyekti 10 kun oldin emas, balki ko‘rik o‘tkaziladigan kunga qadar murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek, endilikda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektiga tegishli obyektlarda 1 yil davomida yong‘in-profilaktika ko‘rigi o‘tkazilmaydi.
Izoh (0)