Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘llar muzlagani tufayli yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalari soni ortmoqda, deb xabar berdi “Fontanka.ru”.
Qayd etilishicha, 30-noyabr va 1-dekabr kunlari shaharda 688 ta YTH qayd etilgan. Ulardan 26 tasida fuqarolar tan jarohati olgan. Jarohat olganlarning 30 nafari kattalar, to‘rt nafari yosh bolalar.
Shaharning markaziy tumanida dam olish kunlari bir nechta jiddiy avariyalar yuz bergan. Xususan, 30-noyabr kuni soat 06:30 larda Liteyniy shoh ko‘chasida KIA Rio avtomobili yo‘l chetida qoldirilgan Ford Focus avtomobiliga borib urilgan.
YTH oqibatida KIA haydovchisi 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘rta og‘ir darajadagi tan jarohati olgan. Uning yo‘lovchisi Arxangelskda yashovchi 27 yoshli fuqaro esa ochiq bosh miya jarohatini olgan.
Izoh (0)