Samarqandda ikki nafar fuqaro hayoti yong‘indan saqlab qolindi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
2-dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda istiqomat qiluvchi 1958-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVV tezkor navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilib, uyda yong‘in chiqqanligi to‘g‘risida xabar berdi.
Voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va o‘t o‘chirish guruhi shaxsiy tarkibi 04:25 da yetib borib, zudlik bilan yong‘inni o‘chirishdi. Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida tutunga to‘lgan xonadon ichidan 2 nafar fuqaro 1986-yilda tug‘ilgan I.N. va uning qizi 2006-yilda tug‘ilgan G.A. olib chiqilib, ularning hayoti saqlab qolindi. Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in hammomdagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqanligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)