Sankt-Peterburg shahrida 54 yoshli o‘zbekistonlik ayol kassir bo‘lib ishlaydigan do‘konga pullarni o‘marish uchun kelgan bosqinchi niyatiga yetolmadi, deb yozadi “Fontanka.ru”.
Qayd etilishicha, Dibunovskaya ko‘chasida joylashgan do‘konga 3-dekabr kuni yuziga tibbiyot niqobini tutib olgan erkak bostirib kiradi. U qo‘lidagi to‘pponcha bilan tahdid qilib, kassir — 54 yoshli o‘zbekistonlik ayoldan pul berishni talab qilgan. Ayol o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan, bosqinchiga faol qarshilik ko‘rsatgan. Jinoyatchi bunday reaksiyani kutmagan va qochib ketgan.
O‘zbekistonlik ayol ushbu holat haqida birinchi bo‘lib qo‘shni binoda ishlaydigan oshpazga gapirgan. 33 yoshli peterburglik oshpaz darhol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari bosqinchini darhol ushlagan. Do‘konga bostirib kirgan 54 yoshli erkak firmada ekspeditor bo‘lib ishlashi aniqlandi.
Izoh (0)