Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in yuz berdi, deb xabar berdi IIV Tergov departamenti.
4-dekabr kuni soat taxminan 14:00 larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgan, yong‘indan uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 8 nafar fuqaro kasalxonaga murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.
Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida sizdan xonandoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’tiborli bo‘lishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)