Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida idishlar to‘plami ichiga zargarlik buyumlarini yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro K.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Mazkur shaxs bojxonachilarni chalg‘itish maqsadida 3 kilogramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini idishlar to‘plami orasiga yashirib olib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)