“Rostov” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov klubida maosh bilan yuzaga kelayotgan muammolar haqida fikr bildirdi.
“Rostov”dagi moliyaviy muammolar haqida
— Maoshning kechikishi haqida o‘ylamayman. Bunga javob beradigan odamlar bor. Palovga yetib turibdi. Buning ustiga u qimmat ham emas.
So‘nggi vaqtlarda gol ura olmayotgani haqida— Sabab yo‘q. Va muammo ham mavjud emas. Bo‘lib turadi. Shu yo‘sinda ishlashda davom etsam, gollar qaytadi. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Umuman olganda — Yevrokubokka chiqish.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)