O‘zbekiston taekvondo milliy assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati (WASCO) federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylandi.
Toshkentda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ishtirok etdi.
Musobaqalar yakunida Saritsu O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovni Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini e’lon qilgan.
Bundan tashqari, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.
Shuningdek, G‘ofurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)