• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +46°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Falastindan qasos, Namangandagi osmono‘par, Toshkentdagi janglar, is gazi qurbonlari

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Bayrog‘imiz qabul qilingan kun – 18-noyabrdan O‘zbekistonda saylovoldi tashviqoti boshlandi. Bu saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, ovoz berishga bir kun qolganda nihoyasiga yetadi. Asosan omma oldida yig‘ilish, ochiq bahs-munozaralar orqali tashviq qilinadi, mol-mulk yoki pul berish yo‘li bilan tashviqot yuritish mumkin emas.

    O‘zbekiston televideniyesida demokratik debatlar boshlandi. Ta’kidlash kerakki, bu yilgi saylovlar avvalgilaridan qizg‘inroq bormoqda. Xususan, jurnalist va blogerlarning partiya faollariga bergan keskin savollari ommada katta qiziqish uyg‘otib, qisqa videolar shaklida internetda qo‘lma-qo‘l tarqalayotganini kuzatish mumkin.

    * * *

    Futbol bo‘yicha 19-noyabr kuni JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 6-turi doirasida biznikilar Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazdi. O‘yinda Eldor Shomurodov faollik namoyish qilib, arablar darvozasiga ikkita gol urdi. 2:0 bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng to‘purarimiz suhbatda Saudiya bilan yutqiziq haqida gapirib, “u yerdagi vaziyatlar yaxshimas edi, ammo yakkakurashlarda imkoniyatni boy bergan edik”, dedi. Shunday qilib, falastinliklardan o‘ch olgan O‘zbekiston TJ guruhda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    * * *

    O‘zbekiston aholisining katta qismi yoshlar, yoshlarning katta qismi abituriyentlar ekani sabab test imtihonlaridagi o‘zgarishlarga deyarli hech kim befarq emas. Xo‘sh, kelasi yili avgust imtihonlari qanday bo‘ladi? 2020—2021-o‘quv yilida abituriyentlar beshta fandan imtihon topshiradi. Barcha uchun majburiy bo‘lgan uchta fan — ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi qo‘shimcha tariqasida kiritiladi. Qolgani tanlangan sohaga oid fanlardir. Majburiy uchta fandan osonroq savollar bo‘ladi.

    Biroq chorak asr muqaddam milliy ta’lim tizimimizga innovatsiya sifatida joriy etilgan test tizimini tanqid qiluvchilarning ovozi tobora balandroq yangramoqda. Hamma davrda ham yoshlar o‘zgarishlar tarafdori bo‘lib kelgan. Xususan, deputat Rasul Kusherboyev “Test tizimidan butunlay voz kechib, abituriyentlar o‘qishga faqat suhbat, savol-javob asosida qabul qilinishi kerak deb hisoblayman va bu o‘zini oqlaydi”, dedi. Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev esa hozirgi test tizimi zamon talabiga javob bermasligini aytib xalqaro tajribani o‘rganish, abituriyentning ijodiy qobiliyatini baholash ham kerakligini urg‘uladi.

    * * *

    Kirib keldi oltin kuz, gaz-svetdan umid uz. Kuz quruq keldi, biroq oxirgi haftalar sovushi bilan gazsiz va elektrsiz fuqarolar turarjoyini qo‘lbola usullarda isitish chorasini ko‘rishga kirishdi. Yong‘in xavfsizligini hisobga olmay o‘rnatilgan qo‘lbola isitish moslamalari esa xavf-xatar o‘chog‘iga aylanib, har yilgidek fuqarolar o‘limiga sabab bo‘la boshladi.

    19-noyabr kuni Jizzaxning Zomin tumanida IIB binosini qurayotgan yetti nafar yollanma ishchi is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etdi.

    Avvalroq Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida is gazidan bir oiladan ikki kishi zaharlangani va ulardan biri vafot etgan edi. 17-noyabr kuni esa Namanganda ona va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Noyabr oyining boshlarida Samarqanddagi yangi qurilayotgan uyda besh nafar usta is gazidan zaharlangan edi.

    * * *

    Endi egizak osmono‘parlarni ko‘rish uchun AQSh yoki Malayziyaga borishingizga hojat qolmaydi. Chunki yaqin yillar ichida Namanganda egizak osmono‘par binolar quriladi. Namangan Square’da taxminan 325 000 kvadrat metr ish joyi, turar joyi va chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida noyob landshaft dizayn bilan qurish rejalashtirilgan. Namangan Square’ning asosiy bezagi noyob dizayn va konstruksiyali ikki osmono‘par bino bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    * * *

    22-noyabr sanasi O‘zbekistonda birinchi qorni in’om etdi. Toshkent, Buxoro, Surxondaryo kabi viloyatlarda mayda shakar qor yog‘di. Shuningdek, qor Farg‘ona vodiysiga eltuvchi Qamchiq dovonini qopladi. Qor havosi butun respublikaga ta’sir qilib ayoz kirib keldi. Gidrometeorologlar endi iliq havo qaytmasligidan darak bermoqda. Dekabr o‘rtacha nam va harorat bo‘yicha mo‘tadil bo‘ladi. Oy davomida harorat kechasi 2—7 daraja iliqdan 0—5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10—15 daraja iliqdan 0—5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    * * *

    Xabaringiz bor – o‘tgan hafta Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidli audiosi tarqalib ketishi internetda katta aks-sado bergandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni videoselektorda davlat idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan munosabatlari masalasiga ham to‘xtalgani muomala madaniyatini unutgan rahbarga tegishli deb talqin etildi.

    ...Matbuotni faoliyatimizni aks ettiruvchi ko‘zgu deb bilishimiz kerak. Afsuski, ko‘p yillar davomida biz ana shu ko‘zguga qarashni o‘zimizga ep ko‘rmadik. Oqibatda haqiqiy qiyofamizni ko‘rolmay qoldik. Xalqimizga ochiq-oydin ma’lum bo‘lib turgan aybu nuqsonlarimizni tan olmasdan, “men hammadan zo‘rman” deb o‘zimizga bino qo‘yib, kekkayib yuraverdik. “Yuzing qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama” degan dono maqolni butkul unutib qo‘ydik... Barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning jamoatchilik bilan, ayniqsa ommaviy axborot vositalari bilan muomala madaniyati har qachongidan ham muhim masalaga aylandi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

    * * *

    Toshkentda ilk bor aralash jang san’atlari bo‘yicha GFC-20 (Gorilla Fighting Championship) turniri o‘tkazildi. Turnirga faxriy mehmon sifatida Habib Nurmagomedov, Roy Jons kabi jang san’ati yulduzlari taklif etildi. Humo Arena’da o‘tgan 13 ta jangning yettitasida o‘zbekistonlik sportchilar ham oktagonga chiqishdi. Nursulton Ro‘ziboyev, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Muzaffar Rajabov, Avliyoxon Hamidov g‘alabaga erishishgan bo‘lsa,  Jamshid Rahmonaliyev va Amin Ergashev mag‘lubiyatga uchrashdi. Asosiy jang rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda argentinalik Brayan Gonsales o‘rtasida bo‘lib, Nurmagomedov g‘alaba quchdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘ling.

    24.11.2019, 20:47   Izoh (0)   52146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Sonnat” zanjiri fosh etilib, 15 mln so‘mlik psixotrop tabletkalar savdosiga chek qo‘yildi

    24.11.2019, 19:51

    O‘zbekistonda tamaki va alkogol markirovkalanadigan hamda kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi

    24.11.2019, 18:52

    Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasining majlislaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

    24.11.2019, 18:25

    O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi

    24.11.2019, 17:54

    Samarqandda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochiladi

    24.11.2019, 17:33

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi vazifalari belgilandi

    24.11.2019, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qaror muhokamasi tugamagan edi”, “bankdagi depozit o‘qish sifatiga qanday yordam beradi?” — faollar xususiy OTMlarga qo‘yilgan yangi talablardan norozi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 15:12

    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

    Reklama | 4 iyul, 15:00

    “Kalmar o‘yini” aktyori Li Jon Je yakuniy mavsumdagi chaqaloq sahnasining mohiyatini tushuntirib berdi

    Kino | 4 iyul, 14:45

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayishni boshlaydi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 14:41

    Gaiti poytaxtining 90 foizini jinoiy to‘dalar egallab oldi — BMT

    Dunyo | 4 iyul, 14:30

    Rasman. Niko Uilyams “Atletik” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

    Sport | 4 iyul, 14:17

    Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 13:51

    Rayan Reynolds, Natali Portman va shaxsiy sport jamoasiga ega bo‘lgan boshqa taniqli shaxslar

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:47

    O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin sotmoqda — Xalqaro oltin kengashi

    Iqtisodiyot | 4 iyul, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.