• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dunyodagi eng yaxshi sarmoya (video)

    Kunning oxirgi darsi nihoyasiga yetay deb qolgan. O‘quvchilar tashqariga chiqish uchun narsalarini tayyorlab o‘tirishibdi. Daftar va kitoblar sumkalariga solingan. Qo‘ng‘iroq chalinar-chalinmas tashqariga otilishga shay bo‘lib o‘tirishibdi.

    Faqat Aligina tashqariga chiqishga shoshilmayotgan edi. Bir oz kechroq qolish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilib o‘tirar edi. Nihoyat qo‘ng‘iroq chalindi. Bolalarning hammasi baravar eshikka yo‘naldilar. Ali esa joyidan turmadi. Shoshmasdan narsalarini yig‘ishtira boshladi. Ko‘z qiri bilan o‘qituvchisini kuzatar edi. Bir tarafdan o‘rtoqlari sinfni bo‘shatishlarini kutar edi. Alining harakatlari o‘qituvchining e’tiborini tortdi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    — Ha, Ali. Uyingga ketmaysanmi?

    Ali oxirgi o‘quvchi sinfdan chiqqanini ko‘rgandan so‘ng dedi:— Ustoz, sizga aytadigan gapim bor edi.— Xo‘sh Ali. Gapir, nima gaping bor?— Sinfdoshimiz Ahmad bor-ku, ustoz.— Ha. Ahmadga nima bo‘pti?— Uyda ahvollari yaxshi emas, shekilli. Onasi uning sumkasiga unchalik yaxshi narsalar solib bermaydi.— Xo‘sh?— Unga yordam bermoqchi edim. Lekin meni yordam berganimni bilsa, xafa bo‘ladi. Har kuni bitta simitga yetadigan pulni har hafta sizga bersam, siz unga berib turasiz, maylimi?

    Ali cho‘ntagidan bir hovuch tanga chiqarib stolga qo‘ydi. Nurxon pullarga tegmadi. Kursiga o‘tirib o‘yladi. Ali haqidagi bilgilanlarini xayolidan o‘tkazdi. Bilishicha, Alining oilasi u qadar o‘ziga to‘q oilalardan emasdi. Bu harakatchan va yoqimtoy o‘quvchisi naqadar go‘zal niyatli va go‘zal tushunchaga ega ekan. O‘zi boy xonadon farzandi bo‘lmasa ham... Oilasi o‘zi haligi ahvolda bo‘lsa ham... Shunga qaramay, o‘rtog‘iga yordam bermoqchi. Uning ustiga yordam qilayotganini undan yashirmoqchi bo‘ladi.

    — Shoshma, Ali. Bilishimcha, sizlarning oilaviy ahvolingiz ham u qadar yaxshi emas. To‘g‘rimi?— To‘g‘ri, ustoz. Otam kundalik ishda ishlaydi. Ko‘pincha ish topilmaydi. Ammo men ham ishlab pul topyapman.— Qayerda ishlayapsan?— Simit sotyapman.

    Ustoz Nurxon o‘tirib o‘yladi. Bu qadar yaxshilik rejasi uchun nima deya olardi hozir. Alining niyatini amalga oshirish qiyin, biroq uning niyatidan qaytarish uchun chora topish kerak edi. Lekin buni shunday qilish kerakki, sevimli o‘quvchisining ko‘ngli ranjimasin. Bir gaplashsam, chora topilar dedi. Ustoz Nurxon Aliga qaradi:

    — Katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?— Juda katta boy tadbirkor bo‘laman...— Nima uchun?— Odamlarga ko‘p yordam berish uchun.— Juda yaxshi. Ali, to‘g‘ri hozir Ahmadning oilaviy sharoiti yaxshi emas. Ammo sizniki ham ularnikidan farqi yo‘q. Menimcha, bu ishga hozircha shoshmaganing ma’qul. Boy bo‘lganingdan keyin yordam beraverasan. Bo‘ladimi?— Bo‘lmaydi. Hozir qilishim kerak.— Nima uchun bo‘lmas ekan?— Uch sababga ko‘ra bo‘lmaydi.Birinchidan, bu pullar meniki emas. Yaxshilik qilganim uchun Alloh meni odamlarga yoqimli qilib ko‘rsatib qo‘ygan. Shuning uchun odamlar ta’sirlanib, mendan ko‘proq simit oladilar. Shuning uchun kun bo‘yi ishlaganlardan ko‘ra ko‘proq simit sotaman. Anavi mahallada Hasan amaki bor. Har kuni mendan ikkita simit olib, kabutarlarga tarqatadilar.

    Ikkinchidan, “novda yoshligida yaxshiroq egiladi” degan gap bor. Agar hozirdan yaxshilik qilishga o‘rganmasam, katta bo‘lganimda hech qilolmayman. Hozir bu ishni boy bo‘lganimda qilaman desam, boy bo‘lganimda ham yanada boyroq bo‘lganimda qilaman deb o‘zimni ovutaman.

    Uchinchidan, eng muhimi: Men katta bo‘lganimda boy tadbirkor bo‘lmoqchiman. Vaqtida tijoratga sarmoya tikmaganlar hech qachon katta ishbilarmon bo‘la olmaydilar.

    Ustoz Nurxon Alini zo‘r hayajon bilan tinglar, o‘zini buyuk odamning ro‘parasida turgandek his qila boshladi.

    — Shu oxirgisini unchalik tushunolmadim, Ali?— Tushuntiraman, ustoz. Hozir u qadar boy bo‘lmaganim uchun bir kunda bitta simit ehson qila olaman, xolos. Bundan ortig‘ini qilolmayman. Alloh esa jannatni kuchi yetganicha yaxshilik qilganlarga beradi. Hozir kuchim shunchalik ekanini hisobga olsak, jannatning narxi men uchun bir necha simitning narxichalikdir. Agar boy bo‘lmasdan oldin o‘lsam, bir necha simitning narxi bilan jannatga kirib olgan bo‘laman. Bundan ham foydaliroq ishga sarmoya kiritish mumkinmi?

    Ustoz Nurxonning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Bildirmaslik uchun yerga qaragancha Aliga ketishga ruxsat berdi. Uni tashqarigacha kuzatib qo‘ydi. Maktab o‘quvchilardan bo‘shab qolgan edi. Sinfga qaytib kirganida stolning ustida Ali qo‘yib ketgan tangalar turar edi. Nurxon ustoz beixtiyor kursiga o‘tirdi. Tangalarni qo‘liga oldi.

    Hech qachon qo‘liga shu qadar qimmatli pul tushmagan edi. Qo‘lida go‘yo dunyoning eng nozik gavharlarini, yoqut-u olmoslarini tutib turar edi. Bu pullar hatto ulardan ham qimmatli edi. Bu mayda tangalar, bu mayda simitning pullari, jannatni sotib olsa bo‘ladigan pullar edi.

    Huddi hech qo‘yib yuborishni istamaydigan bir tuyg‘u bilan bu simitning mayda pullarini kaftida siqib olgan edi.Ustoz Nurxon o‘tirgan yeridan turolmadi. Ichi to‘lganini his qildi. Anglab bo‘lmas tuyg‘ular bilan bo‘g‘ila boshladi. Birdan quyuq bulutdan yomg‘ir yog‘gandek yig‘lay boshladi...

    Yig‘ladi...Yig‘ladi...Yig‘ladi...

    O‘ziga kelganida shom bo‘lgan edi.

    Asta qadamlar bilan maktabdan chiqar ekan Sodiq qorovul Nurxonning “Simitning mayda pullari bilan jannatni sotib olish, simitning mayda pullari bilan jannatni sotib olish”, deya takrorlab ketayotganini eshitdi. Qorovulning hayratlanib “Nima dedingiz, ustoz?” deganini ham eshitmagan Nurxon qorovulning hayron boqqan nigohlari ostida shomning g‘ira-shira qorong‘uligida uzoqlashib borar edi...

    Turkchadan Shoolim Shomansurov tarjimasi

    24.11.2019, 21:21   Izoh (0)   52308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Sonnat” zanjiri fosh etilib, 15 mln so‘mlik psixotrop tabletkalar savdosiga chek qo‘yildi

    24.11.2019, 19:51

    O‘zbekistonda tamaki va alkogol markirovkalanadigan hamda kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi

    24.11.2019, 18:52

    Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasining majlislaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi

    24.11.2019, 18:25

    O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shoshilinch tibbiy yordam hamshirasi aniqlandi

    24.11.2019, 17:54

    Samarqandda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochiladi

    24.11.2019, 17:33

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi vazifalari belgilandi

    24.11.2019, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.