13-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yil 6-iyun kuni 39 yoshli muqaddam sudlangan Nurilla A. va 46 yashar Hasan N. 74 yoshli Malika A.ga hamkorlikda biznes yuritishni va’da qilib, uy qurilishi uchun pul kerakligini ma’lum qilgan.
Toshkent IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yigitlarga ishongan ayol ularga jami 50.000 AQSh dollari bergan. Ammo Nurilla va Hasan va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)