Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro Z.U.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan.
Qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Z.U. shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada u deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan 1168 dona stomatologik vositalarni olib kelayotgani aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)