Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda fuqaro S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Urganch tumanida “K.J.S.” MChJni tashkil qilib, 2019 yil 5-maydan 8-oktabrgacha 3,7 milliard so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
S.A. ushbu summadan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 209,7 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotganligi hamda 1,8 milliard so‘m savdo tushum pullarini bankka topshirmasdan “naqdlashtirish” bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)