• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘zbekiston vaqtinchalik peshqadam, omadsiz Eron va koreyslarni ortda qoldirayotgan Turkmaniston. JCh—2022 saralashi guruhlaridagi vaziyat haqida

    14—19-noyabr kunlari Osiyo mintaqasida JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 musobaqalari saralash bosqichining ikkita tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” guruhlardagi holat bilan tanishtiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “A” guruhi

    5-tur doirasida guruh yetakchilari Suriya va Xitoy terma jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Unda suriyaliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur o‘yindan keyin xitoyliklar ustozi Marchello Lippi iste’fo berishini ma’lum qildi. Chin yurti vakillarining bu yo‘qotishidan Filippin unumli foydalandi va Maldivni mag‘lub etgan holda Xitoy bilan ochkolar borasida tenglashib oldi. Keyingi turda esa Xitoy dam oldi va Suriya o‘zida Filippinni minimal hisobda mag‘lub etgan holda guruh yetakchiligini mustahkamlab oldi.

    Guruhda Suriya 15 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Uning ortidan Xitoy va Filippin (7 ochkodan) bormoqda. Bitta zaxira o‘yiniga ega Xitoy yetakchidan 8 ochkoga ortda qolmoqda.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “B” guruhi

    Ushbu guruhda ham kurash juda qizg‘in tus olmoqda. Avstraliya 5-turdagi markaziy bahsda Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etishga erishdi. Kuvayt esa Xitoy Taypeyiga javobsiz to‘qqizta gol urdi. Keyingi turda Xitoy Taypeyi Iordaniya maydonida mehmon bo‘ldi, unda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchdi. Kuvaytliklar 6-turda Nepalni mag‘lub etgan holda guruhdagi vaziyatni o‘zi uchun o‘nglab oldi. Avstraliya esa bu turda dam oldi.

    Guruh jadvalida qolganlardan bir o‘yin kam o‘tkazdan Avstraliya yuz foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. “Kengurular” Kuvayt va Iordaniyani ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “C” guruhi

    Osiyo jamoalari ichida FIFA reytingida yetakchilik qilayotgan Eron bu safar ham yo‘qotishga uchradi. 5-turning markaziy o‘yinlaridan biri Iroq va Eron terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda iroqliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda (90+2) gol urgan holda g‘alabani ilib ketdi. Bahrayn o‘sha turda Gonkong bilan durang o‘ynab qo‘ydi (0:0). Keyingi turda Bahrayn safarda Iroqdan ochko tortib oldi (0:0).

    Shu tariqa, Eron bitta o‘yin kam o‘tkazib, yetakchi Iroqdan (11 ochko) besh ochkoga, Bahrayndan esa uch ochko ortda qolmoqda.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “D” guruhi

    14-noyabr kuni barcha guruhlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston terma jamoasi qatnashayotgan guruhda ham yetakchilar to‘qnash keldi. Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini mehmon qildi. Mazkur bahsda ikki bor oldinga chiqib olgan “oq bo‘rilar” so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Yaman o‘zida Falastindan ustun keldi.

    6-turni O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi o‘tkazdi. Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Eldor Shomurodovning dubli evaziga o‘zbekistonliklar dastlabki turdagi mag‘lubiyat revanshini oldi. Narigi o‘yinda Singapur termasi Yamanni taslim etdi. Saudiya Arabistoni esa bu turda dam oldi.

    6-turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onada bitta zaxira o‘yiniga ega Saudiya Arabistoni (8) bormoqda. Kuchli uchlikni 7 ochko bilan Singapur yakunlab bergan. Shuningdek, Yaman (5) va Falastin (4) terma jamoalari ham imkoniyatni saqlab turibdi.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “E” guruhi

    Qolgan guruhlardan farqli ravishda mazkur to‘rtlikdagi kurash noodatiy va pavvis ruhda kechmoqda. 2022-yilgi Jahon Chempionati mezboni hisoblangan Qatar termasi va Ummon guruhda peshqadamlik qilmoqda. Ummon o‘tgan ikki turda g‘alabaga erishgan holda vaziyatni yaxshilab oldi. 5-turda dam olgan Qatar keyingi o‘yinda Afg‘onistonni minimal hisobda mag‘lub etdi.

    Guruhda Qatar 13 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, undan bir ochko kam jamg‘argan Ummon ikkinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rindagi Afg‘oniston (4) yetakchilardan ancha ortda qolmoqda. Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan Hindiston terma jamoasi hali birorta ham g‘alabaga erisha olmadi va 3 ochko bilan 4-pog‘onaga joylashgan.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “F” guruhi

    Bu guruhda kutilganidek Yaponiya terma jamoasi o‘z gegemoniyasini o‘rnatdi. 5-turda “ko‘k samuraylar” Qirg‘izistonga tashrif buyurdi va ortga g‘alaba bilan qaytdi. Tojikiston esa kutilmaganda Myanmaga yutqazib qo‘ydi. Keyingi turda myanmaliklar Mog‘ulistonni ham yenggan holda ketma-ket ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi Markaziy Osiyo derbisida kuchlar teng keldi.

    Shu tariqa yo‘qotishlarsiz ketayotgan Yaponiya 12 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Qolganlardan bitta o‘yin kam o‘tkazgan yaponlar eng yaqin ta’qibchilari bo‘lmish Qirg‘iziston va Tojikistonni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “G” guruhi

    5-turda Vyetnam o‘z maydonida BAA bilan to‘qnash keldi. Unda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qayd etgan holda amirliklar jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Malayziya esa Tailand va Indoneziya ustidan g‘alabaga erishib, ochkolarini 9 taga yetkazib oldi. Vyetnam keyingi o‘yinda Tailand bilan bahs yuritdi va bu uchrashuvda nursiz durang qayd etildi.

    6-turdan so‘ng mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayogan Vyetnam 11 ochko bilan guruh yetakchiligini o‘z qo‘liga olgan. Malayziya esa (9) ikkinchi o‘rinni band etdi. Tailand 8 ochko bilan uchinchi pog‘onanini egallab turibdi. Guruhda birinchi savatchadan saralangan BAA esa (6) kutilmaganda to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketdi, biroq amirliklarda bitta zaxira o‘yini mavjud.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    “H” guruhi

    Bu guruh o‘yinlari ham kutilmagan natija va intrigaga boy o‘tmoqda. Guruhning yaqqol favoriti Janubiy Koreya safarda Livan darvozasiga yo‘l topa olmadi va “Osiyo yo‘lbarslari” ketma-ket ikkinchi o‘yinda durang qayd etdi. Turkmaniston esa 5-turda Shimoliy Koreyani o‘zida qabul qilib, ishonchli g‘alabani (3:1) qo‘lga kiridi. Keyingi turda turkmanlar Shri-Lankaga imkon qoldirmadi. Livan esa KXDR bilan ham nursiz durang qayd etdi.

    Shu tariqa ketma-ket ikki g‘alabadan keyin Markaziy Osiyo vakili 9 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Bitta kam o‘yin o‘tkazgan Janubiy Koreya, Livan va KXDR jamoalari 8 ochkodan jamg‘arib, keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    Shu bilan saralash bahslari 2020-yilning mart oyi oxiriga qadar tanaffusga chiqdi. 2020-yilning mart va iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan to‘rtta turdan so‘ng JCh—2022 uchinchi saralash bosqichiga yo‘l olgan 12 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ladi. JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan sakkiz terma jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi saralash bosqichi ishtirokchisiga aylanadi. Ikkinchi o‘rinlar orasida eng yaxshi natijaga ega to‘rtta terma jamoa JCh—2022 hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.  Shuningdek mazkur jamoalar 2023-yilgi Osiyo Kubogiga ham yo‘l oladi

    Osiyo Kubogi—2023 ning qolgan ishtirokchilar esa quyidagicha aniqlanadi:

    Qolgan 12 ta terma jamoa Osiyo Kubogi uchinchi saralash bosqichiga yo‘l olish uchun pley-off bosqichida ishtirok etadi (o‘yinlar uy-safar tizimida o‘tkaziladi). Ushbu 12 ta terma jamoadan sakkiztasi uchinchi saralash bosqichiga chiqadi.

    Uchinchi bosqichda 24 ta terma jamoa Osiyo Kubogiga yo‘l olish uchun oltita guruhga bo‘lingan holda 12 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi. O‘yinlar uy-safar tizimida o‘tkaziladi va guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar Osiyo Kubogiga yo‘l oladi. Va yuqoridagi 12 ta ilk yo‘llanma sohiblariga qo‘shilib, musobaqa ishtirokchilar sonini 24 taga yetkazadi.

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    20.11.2019, 20:22   Izoh (0)   53409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020 ga yo‘l olgan 20 ta jamoa nomi ma’lum. 4 ta yo‘llanma uchun 16 jamoa kurashadi

    20.11.2019, 14:19

    Joze Mourinyo yana London klubi bosh murabbiyiga aylandi

    20.11.2019, 12:24

    Yevro—2020 yo‘lida. Germaniya, Belgiya va Rossiya terma jamoalari yirik g‘alabaga erishdi

    20.11.2019, 07:44

    Rasman: “Tottenhem” bosh murabbiysiz qoldi

    20.11.2019, 01:14

    O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubai Cup—U23 musobaqasida uchinchi durangni qayd etdi

    19.11.2019, 23:54

    Falastin bosh murabbiyi: “Shomurodovni yetarli darajada qo‘riqlay olmadik”

    19.11.2019, 20:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.