Londonning “Tottenhem” klubi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni o‘z lavozimidan ozod qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Pochettinoning ishdan olinishiga joriy mavsum “Tottenhem”ning natijalari qoniqarli bo‘lmayotganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Argentinalik murabbiy yordamchilari bilan birga London klubini tark etdi.
Qayd etish joiz, “shporlar” Pochettino qo‘l ostida o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. 2018/19-yilgi mavsum finalida jamoa “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergandi.
Bundan tashqari “Tottenhem” Mauriso boshchiligida ketma-ket to‘rt mavsum Angliya Premyer Ligasida kuchli to‘rtlikdan pastga tushmadi.
Ma’lumot uchun, Pochettino 2014-yil “Tottenhem”ni qabul qilib olgandi. Unga qadar esa “Sauthempton” hamda “Espanyol” klublarida faoliyat olib borgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)