• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dehqonobodda 43 yildan beri elektr tokisiz faoliyat yuritgan maktab aniqlandi

    Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov 18-noyabr kuni xalq bilan muloqot davomida 43 yildan beri elektr tokisiz faoliyat yuritib kelayotgan maktabni aniqlagan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Zoir Aliqulov 18-noyabr kuni tumanning Yashnobod mahallasida bo‘lib, xalq muammolarini tinglagan hamda hududga tashrifi chog‘ida mahalladagi maktab filialida ham bo‘lgan.

    “Hokim filial sinfxonalarida bo‘lib o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdi. Isitish tizimini ko‘zdan kechirdi. Sinfxonalardagi harorat bilan qiziqdi va kutilmagan holatga duch keldi”, — deyiladi axborot xizmati xabarida.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Ma’lum bo‘lishicha, 40-maktabning 62 nafar o‘quvchisi tahsil oluvchi mazkur filialda elektr energiyasi yo‘q. Maktab 43 yildan beri shu ahvolda faoliyat yuritgan.

    Zoir Aliqulov mazkur holat aniqlangach, tuman elektr korxonasi rahbarini chaqirib, holatga izoh so‘ragan va tuman elektr korxona rahbari faoliyatini qoniqarsiz deb baholagan.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Ma’lum bo‘lishicha, maktabda elektr toki mavjud emasligi bilan hech kim qiziqmagan va mutasaddilarga xabar berilmagan.

    Qayd etilishicha, maktab filiali 1976-yil hashar yo‘li bilan qurilgan. Ushbu bino 2007-yilda buzilib, o‘rniga yangi o‘quv binosi qurilgan. 2017-yil esa 40 o‘ringa mo‘ljallab, yana bitta yangi bino qurilgan. Ammo har ikkala binoga ham elektr ta’minoti o‘tkazilmagan va maktab shu tarzda faoliyat yuritgan. Quruvchi tashkilot rahbariga elektr energiyasi ta’minotini o‘tkazish lozimligi aytilganda, u elektr ta’minoti loyihada ko‘zda tutilmaganini bildirgan.

    Ma’lum qilinishicha, 2017-yil 650 million so‘m mablag‘ evaziga 40-maktabning 140 o‘rinli asosiy binosi va 40 o‘rinli filiali qurib bitkazilgan.

    Vaziyatdan xabar topgan Zoir Aliqulov tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Xolmurod Xudoyberdiyevga shu kunning o‘zida viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilishi lozimligini, maktab uchun transformator olib kelib, elektr simlari tortib berishi to‘g‘risida topshiriq bergan.

    Tuman hokimi hududga tashrifida mahalla ahlini qiynab kelayotgan ko‘prik muammosiga ham e’tibor qaratgan.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Xabar berilishicha, bundan 4—5 yil ilgari katta sel kelishi oqibatida qishloq ko‘prigi buzilib ketgan. Shu sababli, aholi yo‘ldan o‘tishda qiynalgan. Qishloq yaqinidan o‘tuvchi katta soydan bahor va kuz oylarida juda katta selgan vaqtda, aholi ko‘prikdan o‘ta olmaydi. Qishloqqa ichimlik suv keltirish uchun esa ana shu soydan o‘tish kerak.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Aholi shikoyatiga ko‘ra, mazkur soyning narigi tomonida 300 nafarga yaqin kishi istiqomat qiladi. Maktab o‘quvchilari ham shu soydan o‘tib maktabga qatnaydi.

    Ushbu muammolarni tinglagan Zoir Aliqulov qishloq ahli uchun ko‘prik qurilishi zarurligini ta’kidlab, mutaxassislarga qisqa fursat ichida ko‘prik qurish xarajatlarini hisoblab, bor imkoniyatni ishga solib, ishni boshlash haqida topshiriq bergan.

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Foto: Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati

    Tuman hokimligi axborot xizmatining yozishicha, ko‘prik qurilishi va filialga elektr toki o‘tkazilishi xususida tez orada xabar beriladi.

    18.11.2019, 23:11   Izoh (0)   33509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda velosipedda yo‘lni kesib o‘tgan o‘smirni mashina urib ketdi

    18.11.2019, 22:55

    Qozog‘istonlik milliarder Fattoh Shodiyev Rossiyada “Yil homiysi” unvonini qo‘lga kiritdi

    18.11.2019, 22:10

    Jizzax bojxonasidan 100 ming dollarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

    18.11.2019, 21:39

    XDP raisi 5 kishidan iborat oilaga 1 oyda 2,5 mln so‘m yetishi haqidagi fikrini o‘zgartirmadi (video)

    18.11.2019, 21:09

    “Daryo” oqshomi: Farg‘onadagi portlash, oilasini kanalga uloqtirgan erkak, Ortiqxo‘jayev audiosiga munosabat va 18-noyabrning boshqa muhim xabarlari

    18.11.2019, 20:43

    Shuhrat Abdurahmonov — tibbiyot xodimlariga bo‘layotgan tajovuzlar haqida: “Xalqimiz haqidan ham ko‘proq narsani talab qiladigan bo‘lib ketgan”

    18.11.2019, 20:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.