2019-yil 13-noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahridagi Talan Towers biznes-markazida Tesla Supercharger tezkor zaryadlash stansiyalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Koleso.kz”

Supercharger bu — Tesla avtomobillari uchun kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan elektr zaryadlash stansiyasi. Quvvatlagichning maksimal kuchlanishi 250 Kilovattni tashkil etadi.

Supercharjer Tesla Model S, Model X va Model 3 markalaridagi avtomobillarni 20 daqiqada 50 foiz, 40 daqiqada 80 foiz elektr quvvati bilan zaryadlaydi. Supercharger haqidagi ma’lumot Tesla elektromobillarining sensor navigatsion ekranlariga ham joylashtirilgan.

Tesla Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda jami 12 mingta Supercharger stansiyalariga ega. Nur-Sultondagi Supercharger Markaziy Osiyodagi eng birinchi Tesla stansiyasi.

Qozog‘iston poytaxtida zaryadlash stansiyalarining bo‘lishi mamlakat va Markaziy Osiyoda ekologik transport infratuzilmasining rivojlanishi, elektrokarlar egalarining ko‘payishi, energiya tejaydigan va yashil texnologiyalarning tarqqiyotiga turtki beradi.

Foto: “Delovoy Kazaxstan”

Talan Towers biznes markazida 6 dona Tesla Supercharger taqdimoti o‘tkazildi: to‘rtta stansiya The Ritz-Carlton mehmonxonasining avtoturargohida, yana ikkita Supercharjer esa Р1 yerosti avtoturargohida joylashgan.

Foto: “Delovoy Kazaxstan”

Tesla kompaniyasi egasi, milliarder Ilon Mask joriy yilning iyun oyida 2019-yilda Qozog‘istonda Tesla’ning servis markazlari va supercharjerlar paydo bo‘lishini Twitter’da e’lon qilgandi.