Boliviya sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatdagi siyosiy inqirozni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirdi va buning uchun mamlakatga qaytishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Agar o‘z ishtirokim bilan inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish, zo‘ravonliklarga chek qo‘yish va kimlarningdir hayotini saqlab qolishga hissa qo‘sha olsam, Boliviya uchun bunga tayyorman,” — deya izoh qoldirgan Morales Twitter’dagi sahifasida.
U barchani jamoatchilik harakatlari, fuqarolik tashkilotlari va siyosiy partiyalar ishtirok etadigan muloqotga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Evo Morales hozirda unga siyosiy boshpana taqdim etgan Meksikada bo‘lib turibdi.
Izoh (0)