Ukraina Normand formatidagi uchrashuv natija bermasa, Minsk kelishuvlaridan chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ukraina, Germaniya va Fransiya tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari mazkur format uchrashuvining dastlabki sanasini ma’qullagan. Hozirda barcha tomonlar Rossiya javobini kutmoqda.
Vazirga ko‘ra, Ukraina prezidenti Putindan nimani istayotganligi haqidagi aniq gapni kutmoqda. Ayni vaqtda Pristayko ushbu muzokaralarda bunday yechimni kutish befoyda ekanligi, davlat yetakchilari loyihasi allaqachon kelishib bo‘lingan kommyunikeni imzolashini ham tan oldi.
Shu bilan birga agar uchrashuv natija bermasa, Kiyev kelgusi qadamlar, jumladan, Minsk kelishuvlaridan chiqishi variantini ham o‘ylab ko‘radi.
Izoh (0)