O‘zbekistonlik yigitlardan iborat Blueman guruhi Central Asia’s Got Talent xalqaro tanlovida noodatiy chiqish bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ular Shakiraning Waka Waka va Europe guruhining The Final Countdown kuylarini shippaklar yordamida plastik quvurlarda ijro etdi.
Ta’kidlanishicha, sahnaga chiqqan yigitlar o‘zlarining “cholg‘u asboblarini” mustaqil ravishda ixtiro qilgan. CDGT’da ishtirok etish orqali esa bu haqda butun dunyoga so‘zlab berish imkoniyatini qo‘lga kiritishgan.
Avvalroq Central Asia’s Got Talent ko‘rsatuvida o‘zbekistonlik nogironligi bo‘lgan qizaloq Iroda O‘rozova ishtirok etib, o‘zi yozgan “Shukr qiling” deb nomlangan she’rini o‘qib hakamlarni ta’sirlantirgani haqida xabar berilgan edi. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Iroda O‘rozovaning iste’dodini rag‘batlantirish, shuningdek, uni hamda ushbu maktab-internatda o‘qiyotgan u kabi iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlikka tayyorlab borish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini ham bergan.
Izoh (0)