Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ko‘chmas mulk obyektlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan qaysi vakolatli organ tomonidan, qanday asoslarga ko‘ra taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratildi. Bu haqda agentlik tomonidan ma’lum qilindi.
Shu kunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida agar ularning ko‘chmas mulkiga nisbatan taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq yoki xatlov qaysi vakolatli organlar tomonidan qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratilmagan edi. Natijada jismoniy va yuridik shaxslar turli idora va tashkilotlarga birma-bir yozma ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lardi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, taqiq yoki xatlovning mavjudligi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilishga asos bo‘ladi.
Izoh (0)