Bir qator internet nashrlari tomonidan Toshkentda 11 yoshli Z.T. yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgan. Toshkent shahar IIBB mazkur qizning qayerda ekanligini aniqladi.
Xabar berilishicha, 12-noyabr kuni soat 18:40 da qizning onasi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qizining yo‘qolib qolganini aytgan.
Shundan so‘ng, Olmazor tumani IIB xodimlari qizning ota-onasidan oilaning barcha yaqinlari, qizning dugonalari va sinfdoshlarining aloqa raqamlarini aniqlashtirgan.
Qarindoshlar bilan olib borilgan suhbatlar natijasida, Z. T. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi bobosi va buvisinikida ekanligi ma’lum bo‘lgan. Qiz u yerga mustaqil ravishda taksida borgan.
Ayni paytda qiz Qo‘qon shahridagi qarindoshlarinikida, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh (0)