“O‘zgidromet” Toshkent havosida zararli moddalar me’yordan oshganida haqida xabar berdi.
1—3-noyabr va 4-noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratdi.
Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo‘yicha:
Yakkasaroy, Mirobod, Qibray tumanlarida REM b.m. dan yuqori 4 holat kuzatildi.
Uglerod oksidi bo‘yicha:
Yashnobod tumanida REM b.m. dan yuqori 1 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.)dan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
6-noyabr va 7-noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi.
3-noyabr, yakshanba kuni Hindistonning poytaxt okrugi hisoblangan Dehlida havoning ifloslanish ko‘rsatkichlari Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan 10 baravar ko‘payib ketgan. Nyu-Dehlida bir necha kundan beri maktablar yopilgan, Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda 40 ga yaqin samolyot reyslari bekor qilingan.
Izoh (0)