Navoiyning Xatirchi tumanida soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.K. turmush o‘rtog‘i S.A.ning nomiga “I.B.” MChJni tashkil etib, xaridorgir mahsulotlar sotuvidan tushgan 2,6 milliard so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzib kelgan.
Shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida amalga oshirgan tovar aylanmasini hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatib, jami 196,4 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qasddan yashirib kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “I.B.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)