Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida fuqaro Ch.B.ning 4 yildan beri ololmagan qarzi undirib berildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ch.B. yaqin tanishiga 12 ming 700 dollarni 2015-yilning 10-mart kuni 4 oy muddatga qarz sifatida berib turgan. 4 oy muddatga deb olingan qarz 3 yilda ham qaytarilmagach, Ch.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi tomonidan uning da’vo arizasi qisman ta’minlanib, 12 ming dollarning milliy valyutaga nisbatan qiymati, ya’ni 97 million 756 ming 560 so‘m miqdoridagi qarz undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida MIBning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan belgilangan qarz to‘liq undrilib, Ch.B.ga tilxat asosida topshirilgan.
Izoh (0)