AQSh prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasini 2020-yilgi saylovlarda muvaffaqiyatga erishish uchun uning impichmenti jarayonini boshlaganlikda aybladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Trampga ko‘ra, impichmentga urinish avantyura va soxtakorlikdan bo‘lak narsa emas.
“Demokratlar impichment jarayonini siyosiy maqsadlarda, o‘zlari g‘alaba qozonmaydigan saylovda ilgarilab ketish uchun foydalanmoqda”, — dedi AQSh prezidenti.
Shu bilan birga, Tramp Vakillar palatasida impichment jarayoni doirasidagi eshituvlar “yaxshi o‘tayotgani”ni bildirdi, biroq demokratlar yig‘ilishlar stengorammasi e’lon qilinmayotganidan norozi bo‘ldi.
Izoh (0)