Baykalortidagi harbiy qismda askar 8 nafar xizmatdoshini otib tashlaganidan so‘ng Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu yig‘ilish o‘tkazib, qo‘l ostidagilarni qattiq tanqid qilgan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shoyguning aytishicha, harbiy qism mansabdor shaxslari buyruq talablarini qat’iy bajarganida qotillikda ayblangan muddatli harbiy xizmatchi Ramil Shamsutdinov qurolli qoravulga turmagan bo‘lardi.
Vazir kelgusida uch sutkali qo‘riqlashga turadigan bo‘linmalarni faqat shartnoma asosida xizmat qiladiganlardan tuzishni buyurdi. Shuningdek, chaqiriluvchilarning ruhiyatini chuqurlashtirilgan holda tekshirishni topshirdi.
Shoygu yuz bergan hodisani “misli ko‘rilmagan jinoyat” deb atagan va tergov yakunlari bo‘yicha mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortilishini bildirgan.
Izoh (0)