Britaniyaning Esseks grafligi politsiyasi oktabr oyida yuk mashinasida jasadi topilgan 39 nafar muhojir Vyetnam fuqarolari bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tergovchilar Vyetnam rasmiylari bilan bog‘langani va qurbonlarning ayrim yaqinlari bilan aloqaga chiqqani bildirilmoqda.
Shu bilan birga, politsiya zarur namunalar ekspertizaga taqdim etilmagani uchun hozircha qurbonlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lmadi. Hodisa haqida ma’lumot berishga tayyor bo‘lganlar uchun Vyetnam tarjimonlari ishlayotgan tezkor liniya ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yuk mashinasida jasadi topilgan 39 nafar muhojirning barchasi Xitoy fuqarolari ekanligi aytilgandi.
Izoh (0)