• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    TIV Turkiyaga ketayotgan fuqarolarni ortiqcha tamaki va alkogol mahsulotlarini olib ketmaslikka chaqirdi

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Turkiyada bo‘lib turgan va ushbu mamlakatga ketishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkiya hududiga belgilangan me’yordan ko‘proq miqdorda tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti mamlakat fuqarolarining Turkiya bojxona va chegara nazorat punktlarida, jumladan aeroportlarda Turkiya hududiga belgilangan me’yordan ko‘proq miqdorda tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirishga urinish faktlari bo‘yicha qo‘lga olinish holatlarga e’tibor qaratgan.

    Xabar berilishicha, Turkiya hududiga belgilangan me’yordan ortiq tamaki va alkogol mahsulotlarini olib kirgan shaxslarga nisbatan Turkiya Respublikasi Jinoyat kodeksi “Kontrabanda” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochiladi. Sud qaroriga muvofiq mazkur shaxslar jinoiy ish sodir etgan deb hisoblanadi va ularga nisbatan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va ma’muriy jarima to‘lash jazolari qo‘llaniladi.

    Sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar Turkiya hududidan deport qilingan va sud hukmiga ko‘ra aybdor deb topilgan shaxslar Turkiya vakolatli organlarining ma’lumotlar bazasiga qidiruvdagi shaxs sifatida kiritiladi va davlat chegarasini kesib o‘tish chog‘ida qo‘lga olinadi.

    Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarini tamaki, alkogol va boshqa mahsulotlarni olib kirish bo‘yicha Turkiyaning bojxona qoidalariga amal qilishga chaqiradi.

    TIV tomonidan ma’lum qilinishicha, ayni paytda “Yolcular İçin Gümrük Rehberi” (“Yo‘lovchilar uchun bojxona yo‘lko‘rsatgichi”) mobil ilovasi ishlamoqda. Turkiya tomoni ishlab chiqqan mazkur ilova Turkiyaga kelayotgan yoki undan chiqib ketayotgan chet el fuqarolari uchun amaldagi bojxona qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish mumkin bo‘lgan narsalar, mahsulotlar, pul va qimmatbaho buyumlar bo‘yicha eng zarur ma’lumotlar bilan tez tanishib chiqish imkonini beradi.

    “Yolcular İçin Gümrük Rehberi” mobil ilovasi internetga ulanishni talab qilmaydi, avtonom tartibda ishlaydi hamda turk, ingliz, rus, nemis va arab tillarida ma’lumot taqdim etadi. Ilovani Google Play Store va Apple Store’dan bepul yuklab olish mumkin, deyiladi TIV xabarida.

    O‘zbekiston TIV o‘z xabariga Turkiya qonunchiligiga muvofiq ayrim tovarlarni olib kirish uchun o‘rnatlgan me’yorlarni ilova qilgan.

    Turkiya hududiga 18 yoshdan oshgan fuqarolar tomonidan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

    Tamaki mahsulotlari:

    1. Sigaretlar — 600 dona
    2. Sigarillalar (har bir sigarillaning og‘irligi 3 grammdan oshmasligi kerak) — 100 dona.
    3. Sigaralar — 50 dona.
    4. Kesilgan tamaki (200 dona sigaret qog‘ozi bilan) — 250 gramm.
    Alkogol va alkogol mahsulotlari:
    1. Tarkibida alkogol 22 foizdan yuqori bo‘lgan alkogol va alkogol ichimliklari — 1 litr.
    2. Tarkibida alkogol 22 foizdan kam bo‘lgan alkogol va alkogol ichimliklari — 2 litr.
    Kosmetika mahsulotlari:
    1. Maksimum 600 millilitr — hojatxona suvi, odekalon, lavanda, atir yoki losyon, teri uchun 5 ta vosita, makiyaj uchun vosita.
    Oziq-ovqat mahsulotlari:
    1. Choy — 1 kilogramm
    2. Tayyor eriydigan kofe — 1 kilogramm
    3. Kofe — 1 kilogramm
    4. Shokolad — 1 kilogramm
    5. Shakardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari — 1 kilogramm

    23.10.2019, 13:04   Izoh (0)   25384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov: Toshkentda 2020-yilda 5G mobil tarmog‘i tijoriy ishga tushiriladi

    23.10.2019, 12:34

    O‘zbekiston banklari ikki oy ichida 235 mln dollar naqd valyuta sotdi

    23.10.2019, 12:20

    “Guliston paxta tozalash” AJ mansabdor shaxslarining kirdikorlari fosh etildi

    23.10.2019, 11:52

    DXX Namanganda 600 ming dollardan ortiq pulni xorijga noqonuniy olib chiqishga uringan shaxsni qo‘lga oldi

    23.10.2019, 11:38

    IIV Surxondaryoda namanganlik haydovchi asossiz jarimaga tortilgani to‘g‘risidagi videoga munosabat bildirdi

    23.10.2019, 11:22

    Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    23.10.2019, 11:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    18 iyul, 09:25

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi tayinlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 10:41

    Ukraina qurollarni sinash uchun o‘z frontini taklif qildi

    Dunyo | 18 iyul, 10:11

    O‘zbekistonga 859 dona zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:53

    AQSH generali: “NATO Kaliningradni misli ko‘rilmagan tezlikda egallashi mumkin”

    Dunyo | 18 iyul, 09:45

    Luis Dias qay holatda “Barselona”ga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 09:35

    Eron prezidenti kortejidagi muammo sababli taksida ketishga majbur bo‘ldi

    Dunyo | 18 iyul, 09:25

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 09:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.