Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatiyasining ma’lum qilishicha, 9-noyabr kuni Qirg‘iziston terma jamoasi Toshkentda Vadim Abramov shogirdlariga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuvga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi. Bellashuv esa 17:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining navbatdagi ikki turini o‘z maydonida o‘tkazadi. Dastlab 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib borilsa, 19-noyabr kuni Falastin bilan o‘ynaladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)