Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum hali Toshkentga kelmasdan turib o‘zbek tilini o‘rganishga kirishgan va uning internet sahifalaridagi chiqishlari o‘zbekistonliklar tomonidan iliq kutib olingan edi.
“Dunyo” axborot agentligining yozishicha, hozirda amerikalik diplomat o‘zbek tilini puxta o‘rganishni davom ettirmoqda.
“Men o‘zbek xalqi hamda uning katta madaniy merosi va boy tarixini chuqur hurmat qilaman. Shuning uchun o‘zbek tilini o‘rganyapman”, — deydi amerikalik diplomat nashr bilan suhbatda.
Izoh (0)