21-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Eronning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Hamid Naerobodiyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Ishonch yorliqlarini nusxasini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan konstruktiv va dinamik munosabatlar qaror topgani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va turizm tarmoqlaridagi hamkorlikni faollashtirish, Toshkent va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni ochish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga uning yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad tiladi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)