O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning 16-oktabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra:
- 1 ta oltin tanga narxi – 14 500 000 so‘m (o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarish yo‘q);
- 1 ta kumush tanga narxi – 334 000 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan hafta — 331 000 so‘m).
Avvalroq, O‘zbekistondagi banklarda kumush tanga qolmagani ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Izoh (0)