AQSh davlat departamentining yuqori lavozimdagi amaldori jurnalistlarga bergan ma’lumotida Turkiyaning Suriya hududidagi harbiy harakatlari hali rasmiy Vashington sanksiya qo‘llaydigan darajaga chiqmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Twitter

Departament vakilining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning ushbu harakatlari “qizil chiziqni bosib o‘tish” darajasi uchun  kamlik qiladi.

AQSh millatchilik natijasida ommaviy qirg‘inning amalga oshirilishi yoki tinch aholi vakillariga hujum qilib ularni qirib tashlash bilan bog‘liq holatlarga nisbatan sanksiya qo‘llashi mumkin. Departament vakilining aytishicha, Turkiyaning harakatlarida bunday belgilar kuzatilmagan.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington “ushbu hujumni oqlamasligini va operatsiya yomon fikr ekanligi Turkiyaga tushuntirilgan”ini ta’kidlagandi.